Yaponiyaga yog`ilgan kuchli “Lan” to`foni oqibatida bir kishi halok bo`ldi, 86 kishi jabrlandi. NHK telekompaniyasi bergan ma`lumotlarga ko`ra, Fukuoka shahrida 63 yoshli mahalliy fuqaro ustiga kuchli shamol oqibatida tushib ketgan yog`ochlar sabab halok bo`lgan.
Mamlakatning turli hududlarida aholi reklama bannerlari hamda daraxt shohlari tushishi oqibatida turli darajadagi tan jarohatlarini olishdi. Vakayama perfekturasida uyi ko`chki ostida qolgan 82 yoshli pensioner bedarak yo`qolgan. Shamol va kuchli yomg`irlar sabab yo`lovchi poezdlar harakati to`xtatilgan, o`nlab aviareyslar bekor qilingan.
Ayni damda ayrim joylarda shamol kuchi sekundiga 45 metrni tashkil qilmoqda.






