AsosiyHi-tech

Nomaqbul guruhlardan himoya qiluvchi dastur

'Nomaqbul guruhlardan himoya qiluvchi dastur'ning rasmi

Kengaytirilgan Chrome uchun Facebook AntiSpam (tarmoqdan desktop yordamida foydalanuvchilar uchun) darhol sizni keraksiz guruhlardan, bezdirib yuborgan do`stlardan xalosetadi.

Chrome brauzerlari uchun mo`ljallangan Facebook AntiSpam bir necha soniya ichida sizni taklif etgan, qayta qo`shilmaslik imkoni bilan yoqtirmagan guruhingizdan chiqarib qo`yadi.

Buning uchun quyidagi amallarni bajarishingiz lozim:

  • Kompyuter sichqoncha­sining o`ng tugmasini Facebooksahifasi ustiga olib borib bosasiz;
  • Kontekst menyusidanFacebook AntiSpam punktidan →Guruhdan chiqish degan joyni topasiz;
  • oyna paydo bo`lishi bilan OK tugmasi bosiladi.

Agar sizni guruhni shunchaki tark etish qoniqtirmasa, ulardan batamom qutulish uchun Facebook AntiSpamga barcha “layk” bosishni so`ragan, sizni xabardor qilmasdan guruhiga qo`shib olgan, tadbirlarga taklif etgan foydalanuvchilarning ro`yxatini kiriting.

Shundan keyin Facebook AntiSpam yordamida ommaviy tarzda tozalash ishlarini boshlashingiz mumkin. Natijada sizning ijtimoiy muhitingiz “layk” ishtiyoqida yonayotgan foydalanuvchilardan xalos bo`ladi. Mabodo kimnidir bilmasdan o`chirib tashlashdan qo`rqadigan bo`lsangiz, sizni ikki martadan ortiq guruhlarga qo`shgan odamlarni tanlab oling, shunda hech qachon afsuslanmaysiz!

Facebook AntiSpamni Chrome internet-do`konida o`rnatishingiz mumkin: https://chrome.google.com/webstore/category/apps

    Boshqa yangiliklar