Zarur masalliqlar: 500 gr. olxo`ri, 350 ml. sut, 60 grammdan shakar va un, 4 dona tuxum, 5 ml. vanilin, qand upasi.
Tayyorlanishi: 1. Olxo`rilarni yarim aylana shaklda to`g`rang.
2. Tuxumni ko`pirtirib, sut qo`shing-da, ko`pirtirishda davom eting.
3. Shakar, un va vanilin qo`shing.
4. Aylana shakldagi qolipga olxo`ri mevalarini terib, ustidan sutli aralashmani soling. 180 daraja qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga qo`ying. Pishgach, yuziga qand upasi seping.
50 daqiqa.
4 kishilik.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi






