— Filmlardagi muvaffaqiyatsizliklar menga osmon qadar uchishga yo`l bermaydi. Tushkunlikka tushaman. Ammo bu hayot tugadi, degani emas. Hayotimdan nolishga haqqim yo`q. To`siqlarni engib o`tib, sabr bilan harakatdan to`xtamasang, ertami yoki kech, albatta natijaga erishasan! Insonlarning ko`nglini og`ritishga vaqt sarflashni istaymayman!
«Rollarimni ko`rganimda xijolat chekaman…»
— Hayotda ham, sahnada ham rol o`ynashga to`g`ri kelganidan, ba`zan «rol ijro etayapmanmi yoki bu mening o`zligimmi?» deb o`ylab qolaman. Ijro etgan rollarimni ko`rganimda xijolat chekaman. Chunki ulardagi hissiyotlar haqqoniy emas, o`ynalgan ekanligini bilaman».
«Eng yaqin do`stlarim…»
— U Amir Xon, Abxishek Bachchan, Sanjay Lila Bxansali, Koran Joxar va Rekxani o`zimning eng yaqin do`stlarim deb bilaman.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






