O`zbekiston Prezidenti Madaniyat vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to`g`risida qaror imzoladi.
Qaror O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlash, madaniyat va san`at sohasi vakillari uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, Toshkent shahri, Taras Shevchenko ko`chasi, 1-uy manzilda joylashgan bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birgalikda operativ boshqarish huquqi asosida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga berildi.
Ushbu manzilda joylashgan “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki bir oy muddatda banklarga qo`yiladigan talablarga javob beradigan binoga joylashtiriladi.
Qarorning to`liq matni O`zAda e`lon qilindi.






