AsosiyDunyo

​MEKSIKA JANUBIDA 5,4 MAGNITUDALI ZILZILA SODIR BO`LDI

'​MEKSIKA JANUBIDA 5,4 MAGNITUDALI ZILZILA SODIR BO`LDI'ning rasmi

Meksika janubiy sohillarida magnitudasi 5,4 bo`lgan zilzila sodir bo`ldi.

Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 19.20 da sodir bo`ldi. Zilzila o`chog`i 59,5 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Qurbonlar va vayronalar haqida ma`lumotlar yo`q.

Sentyabr oyida Meksikada ikkita kuchli zilzila bo`lib o`tdi. So`nggi rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, 19 sentyabr kuni bo`lgan zilzila 369 kishini, 7 sentyabr kungisi yana 70 kishini hayotdan olib ketgan. Meksika Prezidenti Enrike Penya Neto ikkita sentyabr zilzila vayronalarini tiklash uchun 37,5 milliarda peso (2 milliard dollar)dan ortiq mablag` zarur deya baholagan.

    Boshqa yangiliklar