Hozirgi internet texnologiyalari davrida kundan-kunga turli xil dasturlar ishlab chiqilmoqda. Shu dasturlar ishlab chiqilgan sari muammolar ham ko`payib bormoqda.
Masalan, internet orqali ishlaganingizda turli qiyinchiliklarga duch kelasiz. Bulardan biri turli reklamalardir. Internet sahifalaridagi reklamalar bu reklama o`rnatilgan sayt uchun mo`may daromad hisoblanadi. Bu asosan chet internet sahifalarida juda ham ko`p uchraydi.
Ko`pchilik bu holatni yoqtirmaydi, chunki bu kabi reklamalar ish faoliyatingizga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Reklamalarning yana bir tomoni internet trafigingiz (MB)ni ko`p sarflanishiga hamda internet bilan bog`liq muammolarni keltirib chiqarishga xizmat qiladi...
Siz internet sahifangizdagi turli reklamalardan xalos bo`lmoqchimisiz? Bu holatda sizga yordam berishga harakat qilamiz. Buning uchun uyali aloqa telefoningizdan yoki shaxsiy Netebook`ingizdan quyidagi “link”ga kirsangiz kifoya: https://adblockplus.org/ru/. Bu dastur AD Block plus deb nomlanadi. Bu dasturni bir marta yuklab olib o`rnatsangiz, siz bu muammodan xalos bo`lasiz va sizni hech qanday reklama roliklar bezovta qilib, asabingizga tegmaydi. Yuklab olish mutlaqo bepul. Shoshiling!






