2017 yilning 12 oktyabr kuni "O`zbekiston havo yo`llari" MAKning samolyotida Rossiya Federasiyasining Vladimir viloyatida sodir bo`lgan YTH oqibatida vafot etgan O`zbekiston fuqarosi J.Usmonovning jasadi Toshkentga olib kelindi, deb xabar qildi O`zbekiston FVV matbuot-xizmati.
Xabarda qayd etilishicha, vafot etgan J.Usmonov FVVning maxsus avtotransportida Surxondaryo viloyatiga olib ketilgan.
2017 yil 6 oktyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 03:39da Vladimir viloyatining, Petushin tumanidagi Pokrov temir yo`l stansiyasida poezd va avtobus to`qnashuvi sodir bo`lgan.
YTH natijasida 16 nafar O`zbekiston fuqarolari vafot etgan, ulardan 15 nafarining jasadlari 2017 yilning 8 oktyabr kuni O`zbekiston Harbiy havo kuchlarining maxsus bortida respublika hududiga olib kelingan edi.






