Hech ahamiyat berganmisiz, shunday ayollar borki, kattayu kichikni o`ziga birdek rom etadi, doimo diqqat markazida bo`ladi, hamma ular bilan suhbatga oshiqadi. Xo`sh, buning siri nimada?
1. Hamma narsaga ijobiy qaraydilar
Ha, ularda ham asabiylik, tushkun kayfiyat bo`ladi. Ammo faqat yaxshilikka ishonib yashaydilar. Yomonlikdan ham yaxshilik qidiradilar, yuzlarida doimo nim tabassumni ko`rasiz. Tabiiyki, qovog`i solingan, doim nimadandir norozi, o`ychan ayollardan ko`ra tabassum qiluvchi xonimlar bilan suhbatlashgingiz keladi. Undagi xush kayfiyat sizga ham “yuqadi”.
2. Masuliyatni o`z bo`ynilariga oladilar
Baxtli va xush kayfiyatda bo`lishning sirlaridan biri hamma narsa o`z izmingizdaligiga va o`z hayotingizga faqat o`zingiz javob bera olishingizdadir. Agar omadsizliklaringizga kimnidir aybdor qilsangiz, o`zingizdan hammani uzoqlashtirasiz, chunki boshqalarga salbiy hislaringizni boshqalarga “yuqtirasiz”da.
3. O`zlarini aldashmaydi
Bunday xonimlar o`zlarini aldamaydilar. Hayotga teran qaraydilar va hammasi yaxshi bo`lishiga o`zlarini ishontiradilar. Aslida ham, shunday bo`lishi uchun qo`llaridan kelgan barcha narsani qiladilar.
4. Yaxshilikni ravo ko`rishadi
Yaqin insonidan ayb axtaraverish munosabatlarni burchakka taqab qo`yishini bilishadi. Hammani boricha qabul qilib, ortig`ini kutmaydilar, atrofdagilarni o`zgartirishga harakat qilmaydilar ham. Hatto hayotlardagi eng yomon hodisa yuz berganda ham, darrov aybdorlarni qidirishga kirishmaydilar. Aksincha, vaziyatga ob`ektiv yondoshadilar.
5. Yaqinlarining o`sishiga xalaqit bermaydilar
Aksincha yordam beradilar. Oilaning tinchligi uchun orzularidan voz kechishga to`g`ri kelganidan hech qachon nolimaydilar. Turmush o`rtog`ingizning qiziqishlari va orzulariga qarshilik ko`rsatmaydilar. Ularning amalga oshishiga ko`maklashadilar.
6. Ular avvalo o`zlari uchun pardoz qilishadi
Hamisha o`zlariga oro berib yuradilar. Ularlarini barcha kamchiliklari bilan, borlaricha qabul qiladilar. Har qanday sharoitda ham go`zal bo`lish uchun harakat qiladilar.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






