AsosiySUG'DIYONA

YuZ TERISI UChUN KUZGI NIQOB

'YuZ TERISI UChUN KUZGI NIQOB'ning rasmi

Kuz mavsumida yuzimiz terisi qo`shimcha ozuqa va namlantirishga ehtiyoj sezadi. Birgina krem yaxshi natija berolmaydi. Shuning uchun kunduzgi va tungi kremlaridan tashqari namlantiruvchi zardobdan ham foydalaning. Zardobni haftada bir marotaba peshana va burun qatlariga surting, bu bilan ajinlarning oldini olasiz. Zardob o`rniga uy sharoitida tayyorlangan niqobdan foydalanishingiz mumkin, faqat niqobni butun yuzingizga surtganingiz maqul.

Tuxum sarig`i va gliserindan tayyorlangan niqob. 2 ta tuxum sarig`ini 1 osh qoshiqdan asal va gliserin (dorixonalarda sotiladi) bilan aralashtiring. Yuzingizga 20 daqiqaga surtib, so`ng iliq suv bilan yuving.

  • Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar