Sirdaryo viloyatida o`tkazilgan tadbirda noqonuniy baliq ovlash holatiga duch kelindi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi xabar berdi.
Sirdaryo viloyati Guliston tumanida istiqomat qiluvchi A.Abduraxmonov hamda N.Xasanovlar Sirdaryo daryosining Guliston tumani, "Boyovut" jamoa xo`jaligi hududidan oqib o`tuvchi qismida baliq tutayotgan paytda Bionazorat inspektorlari tomonidan to`xtatib qolindi. Ular oddiy qarmoq emas, balki nafslari hakalak otib, baliqni elektr qarmoqda ushlashga ahd qilgan edilar. Tekshiruvlar natijasida jami 12 dona baliq ovlanganligi ma`lum bo`ldi.
Tabiat ne`matlariga bepisandlik bilan qarash, ularni asrab-avaylamaslik umumiy hisobda 24 413 325 (yigirma to`rt million to`rt yuz o`n uch ming uch yuz yigirma besh) so`m miqdorida zarar etkazilishiga olib keldi.






