2017 yil 9 oktyabr kuni soat 02:30 larda, Yakkasaroy tumani, Muqimiy ko`chasi 15-uy qarshisida, xaydovchi - 1949 yilda tug`ilgan erkak kishi, “Spark” rusumli avtoulovni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo`qotganligi sababli beton to`siqqa urilgan.
Mazkur yo`l transport hodisasi oqibatida yo`lovchilar: 2 nafar 1992 yilda tug`ilgan ayollar jarohat olgan bo`lib, ularga “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida tibbiy yordam ko`rsatilgan.






