AsosiyDunyo

POKISTONDA IKKI BOShLI BUZOQ TUG`ILDI (VIDEO)

'POKISTONDA IKKI BOShLI BUZOQ TUG`ILDI (VIDEO)'ning rasmi

Pokistonning Karachi shahridagi fermalardan birida ikki boshli buzoq tug`ildi. Bu haqda "Animalworld" nashri xabar berdi.

Buzoqning ikki boshidan tashqari, to`rtta ko`zi, ikkita og`zi, ikkita burni va to`rtta qulog`i bor bo`lib, bu noyob jonivor fanda polisefaliya deb ataladi. Bunday hayvonlar odatda bir necha oydan uzoq yashay olmaydilar.

Ferma boshlig`i esa ushbu hodisani "samoviy sovg`a" va "mo``jiza" deb atamoqda. Hozircha buzoq juda nozik va oyoqlarida turolmayapti, shuning uchun uni shisha bilan oziqlantirishmoqda.


    Boshqa yangiliklar