AsosiyHi-tech

MOBIL TELEFONNI PAROLLAYMIZ "Eye App Lock"

'MOBIL TELEFONNI PAROLLAYMIZ  "Eye App Lock"'ning rasmi

"Eye App Lock" Bu dastur o`z mobil qurilmangizni sizning ko`zingiz bilan himoyalaydi. Qanday qilib demoqchimisiz? Bu dasturda himoyalovchi kod, bu — sizning ko`zingiz hisoblanadi.

Siz qulf sifatida ekranda ko`z brauzeridan foydalanishingiz mumkin. Dunyo texnikasi tez rivojlanmoqda. Shuning uchun bu kabi dasturlar faqat insonlarni ish samaradorligini oshirish hamda ularga yangi ilg`or texnologiyalardan foydalanishlariga turtki bo`lmoqda.


Qulayliklari:

1.Ko`z orqali himoyalovchi dasturlarni ko`rish, ayniqsa, himoya qilish maqsadida qulfni qulflash uchun sizga eng yaxshi autentifikasiyalardan biri hisoblanadi.

2.Ushbu dastur sizdan biron-bir texnik bilim talab qilmaydi, u juda oddiy va sodda tuzilgan va barcha uyali aloqa foydalanuvchilariga (yoshidan qat`i nazar) mo`ljallangan.

Ko`rsatmalar:

Dasturni yuklab olgach, uni o`z uyali aloqa telefoningizga o`rnating. Dasturni to`laligicha ishga tushirish uchun quyidagilarni bajaring:

1.Ko`zlaringizni ekrandagi belgilangan nuqtalarga sozlang.

2.Ko`zlaringizni moslagach, parolni o`rnating.

3.Ekran qulfini yoki ilova qulfini yoqing.

4.Ko`rsatilgan ilovalar bo`yicha o`zingizga ma`qul kelgan ilovani belgilang.

Bu ilg`or ko`zli ekran himoyalovchi qulfidan Android tizimidagi foydalanuvchilar bahramand bo`lishlari mumkin. Agar dastur bilan bog`liq turli muammolarga duch kelsangiz, yuklab olishdan oldin berilgan linkdagi ma`lumotlar bilan yana bir bor tanishib chiqing.

Umumiy hajmi: 5.3 MB.

Yuklab olish oynasi: http://m.downloadatoz.com/apps/com.ve.eyelock.free...

    Boshqa yangiliklar