AsosiyJamiyat

​AL-XORAZMIY NOMIDAGI IT-MAKTAB ILK O`QUVChILARNI SARALASh BO`YIChA TANLOV E`LON QILDI

'​AL-XORAZMIY NOMIDAGI IT-MAKTAB ILK O`QUVChILARNI SARALASh BO`YIChA TANLOV E`LON QILDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 14 centyabr kuni “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikasiya texnologiyalari yo`nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to`g`risida”gi qarorni imzolagan edi.

Maktab o`zining ilk o`quvchilarini qabul qilish bo`yicha tanlov e`lon qildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Ushbu maktabga:

- umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim standartlari asosida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarining chuqur o`qitilishini tashkil etish;

- o`quvchilarda dasturlash asoslarini, ma`lumotlar bazalarini shakllantirish va axborot xavfsizligi ko`nikmalari va media madaniyatni maktab davridan boshlab shakllantirish;

- yuqori kasb mahoratiga ega bo`lgan pedagoglarni jalb etgan holda o`quvchilarning yosh matematiklar, yosh fiziklar, yosh dasturchilar, yosh ixtirochilar jamoalarini tashkil qilish, ularning respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etishlarini ta`minlash maqsadida asos solingan.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot-kommunikasiya texnologiyalari yo`nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktabiga 2017-2018 o`quv yili uchun 5-sinfga o`quvchilarni tanlov asosida qabul e`lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:

1) Tug`ilganlik haqidagi guvohnoma nushasi;

2) 086-tibbiy ma`lumotnoma;

3) Yashash joyidan ma`lumotnoma

4) 3x4 hajmdagi 6 ta fotosurat;

5) O`zlashtirish tabeli (1-4 sinf) nushasi;

6) Ota va ona pasporti nushasi.

Tanlov matematika va ingliz tili fanlaridan yozma va og`zaki shaklda o`tkaziladi. Hujjatlarni qabul qilish Ixtisoslashtirilgan maktab binosida amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan maktab manzili: Mirzo Ulug`bek tumani, Tepamasjid ko`chasi, 4-uy.

Hujjatlar 2017 yilning 16 oktyabrigacha qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar