AsosiyJamiyat

​VLADIMIRDAGI YTHNING 5 YoShLI JABRLANUVChISI MOSKVAGA OLIB KELINDI

'​VLADIMIRDAGI YTHNING 5 YoShLI JABRLANUVChISI MOSKVAGA OLIB KELINDI'ning rasmi

Rossiyaning Vladimir viloyatida yuz bergan mudhish yo`l-transport hodisasida to`rt fuqaro juda og`ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan edi, ulardan ikki nafari bolalar. Ikki yoshli bola shifokorlarning urinishlariga qaramay, vafot etdi.

«Telegraf.uz» nashrining yozishicha, ayni damda besh yoshli qizchaning ahvoli ham shifokorlarni xavotirga solmoqda.

10 oktyabr kuni qizcha vertolyot orqali Moskvaga ko`chirib kelindi. Taxminan, bir soatdan ko`proq vaqt uchgan havo transport vositasida bemor uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo`lib, unga parvoz paytida tibbiy yordam ko`rsatib turildi.

Hozircha qizaloqning ahvoli og`irligicha qolmoqda. Moskvalik shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda.

Boshqa yangiliklar