O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi “Toshkent metropoliteni” turkumiga bag`ishlangan pochta markalarini muomalaga kiritdi.
Markalar “O`zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlangan. Pochta markasi pochta bloki ko`rinishida chop etilgan.
Pochta markasida Toshkent metropolitenining Yunus Rajabiy metro bekati tasvirlangan. Bekat Yunusobod yo`nalishida joylashgan bo`lib, ko`p ustunali ikkita erosti vestibullaridan iborat. Bekat o`zbek bastakori Yunus Rajabiy sharofatiga atab nomlangan va 2001 yil 26 oktyabrda ishga tushirilgan. Pochta blokining pastki qismida o`zbek tilida lotin grafikasida “Toshkent metropoliteni” yozuvi joylashgan.
Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog`ozi oq silliq. Pochta blokining o`lchami 80x90mm, markaning o`lchami 30x42mm. Adadi 5 ming nusha. Dizayner – U.Yusupaliev.
Pochta markasiga 1214 identifikasiya raqami berildi va 4000 so`mga barobar nominali o`rnatildi.






