— Singlimning nikohi qonuniy qayd etilmagan. Keyinroq rasmiylashtirishadi, deb yuraveribmiz. Endi esa bir yarim yoshli farzandi bilan otamiznikiga kelib o`tiribdi. Kuyov yana uylanib olgan. Bolasini yo`qlamaydi ham. Harna yordam bo`lsin deb, jiyanimga aliment undirmoqchimiz. Buning iloji bormi?
Zuhra Vohidova, Andijon viloyati
Advokat Dilfuza TO`XTAEVA javob beradi: — Agar bolaning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasiga bolaning otasi sifatida kuyovingiz yozilgan bo`lsa, qonuniy nikoh yo`qligiga qaramay, aliment majburiyatlarini yuklatish bo`yicha sudga murojaat qilishingiz mumkin.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi






