Malayziyaning Alor-Setar shahrida yashovchi fotograf Zula Anip hojatxonadan sizib chiqayotgan ilonsimon noma`lum jonzodni suratga oldi. Bu haqda The Daily Mail xabar berdi.
Anipning so`zlariga ko`ra, uning uzunligi qariyb ikki metrga teng bo`lgan. U bir vaqtning o`zida ham salamandra va katta zulukni eslatgan.
Erkakning fikriga ko`ra, u suv quvurida kanalizasiyada bo`lgan narsalar bilan oziqlanib katta bo`lgan va uning ichiga sig`may qolgan hamda tashqariga chiqqan.
Uy egasi uni ushlab olib, yaqin oradagi suv havzasiga qo`yib yuborgan.






