Osiyo Futbol Konfederasiyasi (OFK) tarkibiga kiruvchi Milliy assosiasiyalar (federasiyalar) ligalarini rivojlantirish dasturi doirasida OFKning strategik rejalashtirish, marketing va infratuzilma bo`yicha maslahatchisi Elnur Mammadov kecha, 9 oktyabr kuni O`zbekistonga tashrif buyurdi.
23 oktyabrga qadar davom etadigan tashrif doirasida Elnur Mammadov O`zbekiston Futbol Federasiyasining Marketing boshqarmasi boshlig`i Baxtiyor Mametov bilan birgalikda O`zbekiston chempionati Oliy liga klublarining stadionlarini ko`zdan kechiradi. Baholash tashrifi asosida O`FFning marketing bo`yicha strategik rejasi ishlab chiqiladi, deb xabar beradi O`zbekiston Futbol federasiyasi axborot xizmati.
To`g`ri yo`lga qo`yilgan marketing strategiyasi rivojlangan va muvaffaqiyatli federasiyalar va futbol ligalarining muhim qismlaridan biri sanaladi. O`zbekiston Futbol Federasiyasi rahbariyati ushbu masalaga jiddiy e`tibor qaratib, jahondagi etakchi futbol ligalarining eng muvaffaqiyatli uslublarini asos sifatida oladi.






