AsosiySport

​U-23 OSIYo ChEMPIONATI–2018 TURNIRIGA XITOYDA QUR`A TAShLANADI

'​U-23 OSIYo ChEMPIONATI–2018 TURNIRIGA XITOYDA QUR`A TAShLANADI'ning rasmi

2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasida Osiyo chempionati bo`lib o`tadi. Shu yilning 24 oktyabr kuni esa musobaqaga qur`a tashlash marosimi o`tkaziladi.

Marosim Xitoyning Chanchjou shahridagi Trader Fudu mehmonxonasida Toshkent vaqti bilan 13:30 da start oladi, deb xabar beradi O`zbekiston Futbol federasiyasi axborot xizmati.

U-23 Osiyo chempionatida jami 16 mamlakat terma jamoasi, shu jumladan, O`zbekiston ham ishtirok etadi. Jamoalar 4 ta savatchaga bo`linadi va qur`a natijasiga ko`ra to`rtta guruhga ajratiladi.

1-savatcha: Xitoy (mezbon), Yaponiya, Janubiy Koreya, Iroq;

2-savatcha: Qatar, Iordaniya, KXDR, Avstraliya;

3-savatcha: O`zbekiston, Suriya, Saudiya Arabistoni, Tailand;

4-savatcha: Vetnam, Ummon, Falastin, Malayziya.

Ma`lumot uchun, Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-23 terma jamoasi BAAda bo`lib o`tgan saralash bosqichi “D” guruhida 1-o`rinni egallagan holda Xitoydagi Osiyo chempionati–2018 musobaqasiga yo`llanmani qo`lga kiritgandi.

    Boshqa yangiliklar