AsosiySport

​33 YoShLI OMON G`OFUROV O`ZBEKISTON PROFESSIONAL FUTBOL LIGASI BOSh DIREKTORI ETIB TAYINLANDI

'​33 YoShLI OMON G`OFUROV O`ZBEKISTON PROFESSIONAL FUTBOL LIGASI BOSh DIREKTORI ETIB TAYINLANDI'ning rasmi

10 oktyabr kuni O`zbekiston Futbol Federasiyasi majlislari zalida navbatdan tashqari yig`ilish bo`lib o`tdi. Kun tartibidan O`zbekiston Professional Futbol Ligasi rahbariyatidagi o`zgarishlar masalasi o`rin oldi.

Shu vaqtga qadar O`zPFL Bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Farhod Magametov o`z vazifasidan ozod etildi. Uning o`rniga Omon G`ofurov O`zPFL Bosh direktori etib tayinlandi, deb xabar beradi O`zbekiston Futbol federasiyasi axborot xizmati.

Ma`lumot uchun: G`ofurov Omon Fayzullaevich 1984 yil 14 avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati o`zbek. Ma`lumoti oliy. O`zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida sport tashkilotlari, shu jumladan, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida turli lavozimlarda ishlagan. Rus, ispan va ingliz tillarida so`zlasha oladi.

    Boshqa yangiliklar