AsosiySport

MESSI ARGENTINANI JAHON ChEMPIONATIGA OLIB ChIQDI!

'MESSI ARGENTINANI JAHON ChEMPIONATIGA OLIB ChIQDI!'ning rasmi

Kecha barcha qit`alarda bo`lgani singari Janubiy Amerikada ham JCh saralashining hal qiluvchi bahslari bo`lib o`tdi.

So`nggi turgacha mundialga borishi noaniq bo`lib turgan Argentinani Lionel Messi o`z xet-trigi bilan jahon chempionatiga olib chiqdi. Ekvadorga qarshi bahs 1:3 hisob bilan yakunlandi.

Shu tariqa, 30 yoshli to`purar futbol tarixida jahon chempionatlarining Janubiy Amerika qit`asi saralashlarida bunday ko`rsatkichga erishgan birinchi futbolchiga aylandi.Janubiy Amerika saralashidagi to`purarlar jadvalining ikkinchi va uchinchi o`rinlarini Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Ernan Krespo va Urugvay forvardi Luis Suares o`zaro bo`lishib turibdi. Har ikki futbolchining hisobida 19 tadan gol bor. Messsining hisobida esa 21 ta.

    Boshqa yangiliklar