AsosiySalomatlik

Shifo maslahat: OG`IZ QURIB QOLAVERSA...

'Shifo maslahat: OG`IZ QURIB QOLAVERSA...'ning rasmi

— Og`zim qurib qolayapti...Bundan bezovtama. Qandaydir kasallikka chalinmadimmikan?

A.Solieva, Samarqand sh.

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

Bu stress va asabiylashishda kuzatiladigan holat. Mabodo og`iz quruqlashishi tez-tez takrorlansa, huda-behudaga jizzaki bo`lib borsangiz tezgina V3 (nikotin kislotasi) vitamining zahirasini to`ldirib qo`ying. Mazkur vitamin parranda go`shti, yong`oqlar, o`stirilgan bug`doy kurtaklarida mavjud.

Og`iz quruqlashishining muntazam kuzatilishi so`lak bezi kasalliklari yoki qandli diabetning boshlang`ich belgilari bo`lishi ham mumkin. Vaziyatga oydinlik kiritish uchun terapevt shifokor ko`rigi zarur.

    Boshqa yangiliklar