AsosiyHi-tech

BUYuM VA NARSALARINGIZ UChUN AJOYIB QO`RIQChI

'BUYuM VA  NARSALARINGIZ UChUN AJOYIB QO`RIQChI'ning rasmi

Olimlar ixtiro qilgan LIGHTFORM qurilmasining bizga qanday afzalligi bor? Qurilma uyingizni bir bo`lagi sifatida uyin­gizdan joy egallaydi. U uyingizdagi har bir buyumni lazerli tekshiruvdan o`tkazib, o`z xotirasiga saqlab qoladi va o`sha buyumni doimiy nazorat qilib turadi...

Agar lazerdan o`tkazilgan buyumlardan birortasi o`z joyi­ni o`zgartirsa, o`z-o`zidan signal chiqarib foydalanuvchini ogohlantiradi. Agar mazkur qurilma foydalanuvchi telefoniga ulangan bo`lsa, telefon orqali o`z joyini o`zgartirgan buyum qaerda ekanligi va boshqa ma`lumotlarni masofaviy tarzda yuborib turadi. Bir so`z bilan mazkur qurilma buyum va boshqa narsalaringiz uchun ajoyib qo`riqchi vazifasini bajaradi. Agar siz o`z buyumingizni qaerga qo`yganingizni eslay olmasangiz, telefoningiz orqali uyingizda o`rnatilgan LIGHTFORM qurilmasi tizimiga kirib, siz qidirayotgan buyum qaerda ekanligini juda oson va tezlik bilan bilib olishingiz mumkin. LIGHTFORM qurilmasi yaqin kunlarda sotuvga chiqarilishi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar