2017 yilning 10 oktyabr kuni Sochi shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Unda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya ishtirok etdi.
Tashqi siyosat idoralari boshliqlari tomonidan MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisining kun tartibi va hujjatlar loyihalari, shuningdek, Hamdo`stlik doirasidagi hamkorlikning boshqa masalalari muhokama qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.






