Zamshni ho`lligida tozalab bo`lmaydi. Uni quritib, cho`tka bilan kirlaridan xalos eting va bug` ustiga biroz tutib turing. Shunda yap-yangi ko`rinishga keladi.
- Eskirib, yaltirab qolgan joylarini yumshoq o`chirg`ich bilan ishqalashingiz mumkin (faqat iz qoldirmasligiga ishonch hosil qilish uchun avval qog`ozga ishqalab tekshirib ko`ring).
- Mayda dog`lar va kir paydo bo`lmasligi uchun oyiga bir marotaba poyabzalingizga namlikni singdirmaydigan sprey bilan ishlov berishingiz mumkin (poyabzal do`konlarida sotiladi).
- Agar yog`li dog` tekkan bo`lsa, poyabzalingizga talk sepib, qattiq cho`tka bilan tozalang.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






