AsosiySUG'DIYONA

ShAKIRANING ALBOMLARI...

'ShAKIRANING ALBOMLARI...'ning rasmi

2001 yilda xonanda o`zining ingliz tilidagi birinchi albomi ustida ishlay boshlaydi. Bu albomi uchun Shakira avval taniqli bo`lgan qo`shiqlarini ingliz tiliga o`girib kuylashdan bosh tortib, ingliz tilini o`rganib, yangi qo`shiqlar yoza boshlaydi. O`sha yili tomoshabinlar e`tiboriga namoyish etilgan albom dunyo bo`ylab 13 million nusxada sotiladi va Shakirani butun dunyo tanitadi.

2002 yilda Shakira 5-marta «MTV Video Music Awards Latin America» sovrindori bo`ladi va ijodiy tanaffusga chiqadi. Ijodiy tanaffusda u ingliz va ispan tilida ikkita albom yozadi. Bu albomlar ham avvalgilari kabi katta e`tibor qozondi.

2006 yilda aktrisa besh qit`ada 125 ta konsert beradi. Shu jumladan, Mexiko shahrida muxlislariga bepul konsert taqdim etadi.

Shakira xonandalik faoliyati bilan cheklanib qolmay, “Yalangoyoqlar fondi” («Fundación Pies Descalzos»)ni ham tashkil etgan. Fond Kolumbiya va Lotin Amerikasining kambag`al oila farzandlarini ta`lim olishiga yordam beradi. BMTning aholini mehnat bilan ta`minlash tashkiloti Shakirani Lotin Amerikasidagi kam ta`minlangan oila bolalariga bergan ko`p yillik yordami uchun medal bilan taqdirlagan.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar