AsosiySavol-javob

«OTA-ONAM XOTINIM IKKIMIZNI UYGA KIRITMAYaPTI…»

'«OTA-ONAM XOTINIM IKKIMIZNI UYGA KIRITMAYaPTI…»'ning rasmi

Taqdir taqozosi bilan ikkinchi marta uylandim. Ota-onamga qarorim ma`qul kelmadi chog`i, rafiqam bilan meni uyga kiritmay qo`yishdi. Uy-joy ro`yxatidan ham chiqarib yuborishgan. Shunday qilishlari mumkinmi? Nahot ota-onamning uyida haqqim bo`lmasa?

Ravshan Qodirov, Navoiy viloyati

Advokat Dilfuza TO`XTAEVA javob beradi: — Uy ro`yxatiga kiritish yoki chiqarish masalalari mulkdorning istagiga ko`ra amalga oshirilishi mumkin. Agar bu masalasida e`tirozingiz bo`lsa, uy-joy joylashgan hududdagi fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo sudiga murojaat qiling.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi

    Boshqa yangiliklar