AsosiyJamiyat

ShAVKAT MIRZIYoEV SOChIDAGI MDH KENGAShIDA IShTIROK ETADI

'ShAVKAT MIRZIYoEV SOChIDAGI MDH KENGAShIDA IShTIROK ETADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 10-11 oktyabr kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Davlat rahbarlari kengashining Sochi shahrida bo`ladigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Majlisda MDHga a`zo mamlakatlar davlat rahbarlari ko`p qirrali hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishi, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi masalalar yuzasidan fikr almashishi, 2018 yilda Hamdo`stlikka raislik qiladigan davlat masalasini ko`rib chiqishi kutilmoqda, deb xabar beradi O`zA.

Sammit yakunida MDHga a`zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va an`anaviy oilaviy qadriyatlarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha bayonoti, 2019 yilni Kitob yili, 2020 yilni 1941-1945 yillardagi ulug` Vatan urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligi yili, deb e`lon qilish haqida qaror, shuningdek, Hamdo`stlik mamlakatlari o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan boshqa hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

O`zbekiston Prezidenti Sochi shahrida ikki tomonlama qator uchrashuvlar ham o`tkazadi.

    Boshqa yangiliklar