AsosiySport

​“TASHKENT CHALLENGER – 2017” XALQARO TURNIRI BOShLANDI

'​“TASHKENT CHALLENGER – 2017” XALQARO TURNIRI BOShLANDI'ning rasmi

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Professional tennischilar uyushmasi musobaqalari taqvimidan joy olgan “Tashkent Challenger – 2017” an`anaviy xalqaro turniri boshlandi.


Nufuzli musobaqada yigirmaga yaqin davlatdan yuzga yaqin tennischi yakkalik va juftlik bahslarida g`oliblik uchun kuch sinashmoqda.

O`zbekiston tennis federasiyasi Professional tennischilar uyushmasi, Xotin-qizlar tennis uyushmasi va Xalqaro tennis federasiyasi bilan hamkorlikda mamlakatimizda erkaklar, xotin-qizlar, o`smirlar va bolalar o`rtasida xalqaro miqyosdagi musobaqalarni muntazam o`tkazib kelmoqda.

Bu yilgi musobaqning dastlabki davrasida ikki mahoratli tennischimiz Denis Istomin va Farrux Do`stov o`zaro bahslashsa, Sanjar Fayziev Bosniya va Gersegovina vakili Aldin Setkichga qarshi kortga chiqadi. Shuningdek, yosh tennischilarimizdan Humoyun Sultonov vengriyalik Atilla Balazs, Jo`rabek Karimov qozog`istonlik Aleksandr Bublik, Temur Ismoilov italiyalik Tomas Fabbiano bilan kuch sinashadi.

    Boshqa yangiliklar