Yaqinda Rossiya, Ispaniya va Chexiya olimlarining birgalikdagi uzoq yillik harakatlari natijasida ixtiro qilgan antibiotik yordamida saraton bilan og`rigan bemorlarning kasallangan hujayralarini davolash mumkin...
Olimlar ixtiro qilingan bu antibiotik bilan og`ir kasallikni boshidan o`tkazayotgan va hayotdan, yashashdan umidini uzgan odamlarga qaytadan umid hadya eta olishadi. Ushbu ixtirodan xabar topgan rivojlangan mamlakatlardagi saraton kasalligiga chalingan bemorlardan bir kunning o`zida minglab xabarlar qabul qilingan. Ixtirochilarning aytishlaricha, mazkur antibiotik shu kasallik bilan og`riyotgan ahvoli og`ir bemorlarga birinchilardan bo`lib etkazib beriladi. Hozirda antibiotik chuqurlashtirilgan sinovdan o`tkazilmoqda. Natijalar joriy oyning birinchi o`n kunligi davrida e`lon qilinishi aytilgan. Antibiotik narxi va tuzilishi haqida hali hech qanday ma`lumotlar berilmagan.






