Tesla va SpaceX kompaniyalari birgalikda Neuralink kompaniyasiga asos solishgandi. Kompaniyaning ma`lumotlariga ko`ra, yangi kompaniya inson miyasini kompyuterga ulab, neyrointerfeys sohasidagi yutuqlar bilan shug`ullanadi...
O`tgan yili iyul oyida tashkil etilgan kompaniya olimlari yaqin bir yil mobaynida insonlarning miyasini kompyuterga ulash va miyadagi ma`lumotlarni o`qiy olish borasida tadqiqot ishlarini amalga oshirishdi. Yaqinda kompaniya olimlarining ta`kidlashlaricha, ular buni uddalashgan. Bu ixtiro ba`zilar uchun xayoliy bo`lib tuyulishi mumkin, lekin yaqin kelajakda inson miyasini maxsus niqob vositasida kompyuterda ko`rish mumkin, uning fikrlarini o`qiy olish, turli kasalliklarni erta aniqlash va hatto kompyuter vositasida hech qanday operasiyalarsiz uni davolash mumkin. Neuralink kompaniyasi tadqiqotchilarining fikrlariga ko`ra, insoniyat hali-hanuz miyadagi neyronlar va ularning ta`siri haqida to`laqonli bilimga ega emas. Shuning uchun bu tadqiqotni xayoliy deyishmoqda.






