Buyuk Britaniyaning Oksford universitetining bir qator tibbiyot olimlari uzoq vaqt ilmiy izlanish va tadqiqotlari natijasida jarroh-robotni yaratishga muvaffaq bo`lishdi...
Mazkur robot ko`z jarrohi hisoblanadi. U sinovlardan muvaffaqiyatli o`tdi va omma e`tiboriga havola qilindi. Ko`p hollarda ko`z sohasida o`tkaziladigan murakkab operasiyalarda shifokorlar ko`z to`r pardasini shikastlab qo`yishlari ko`p kuzatiladi. Robot mutaxassislar tomonidan 11 marotaba sinovdan o`tkazildi va yuqorida keltirilgani kabi noxushliklar umuman qayd etilmadi. Bu kabi operasiya ishtirokchilari orasida 71 yoshli keksa kishilar ham bor. Dunyo OAVlarining xabar berishlaricha, bu jarroh-robotning operasiyasi judayam qimmat. Ko`z bilan bog`liq bitta operasiyaga bemor tomonidan 35.000 dollar to`lash talab qilinadi. Ammo operasiyaning samarali yakunlanishiga mutaxassislar tomonidan 100% kafolat beriladi. Bu jarroh-robot boshqa dunyo klinikalariga ham yaqin orada etkazib berilishi rejalashtirilgan.






