AsosiySUG'DIYONA

GULLARNING «IShORA»LARIGA BEPARVO BO`LMANG!

'GULLARNING «IShORA»LARIGA BEPARVO BO`LMANG! 'ning rasmi

1. Harorat me`yori buzilganda

Barglari qiyshayib, to`q tusga kiradi va to`kila boshlaydi (sabab: juda past harorat).

Pastdagi barglar so`liy boshlaydi, barg qirralari qorayadi va to`kiladi (sabab: juda yuqori harorat).

Gul juda tez so`liydi (sabab: juda issiq havo).

Qish yoki erta bahorda, yaxshi yorug`likda tekis uzaygan barg va bandlar (sabab: juda issiq havo).

Barglar tez sarg`ayib, tez to`kiladi (sabab: to`satdan havo haroratining o`zgarishi).

2. Yorug`lik etishmayotganda

Barglar me`yordan kichik va rangi odatdagidan ochroq bo`ladi.

Kichik g`unchalar yoki g`uncha ochuvchi gullarda g`unchaning bo`lmasligi.

Pastki barglar sarg`ayib, qurib to`kiladi.

O`sishdan to`xtaydi.

Rang-barang barglar yashil tusga kiradi.

3. Yorug`lik haddan ziyod bo`lganda

Barglarda kuyish natijasida jigarrang yoki kulrang dog`lar paydo bo`ladi.

Barglar kunduzi egilib qoladi.

Barglar oqaradi.

Soyani sevuvchi gullar bargiga ajin tushib, nobud bo`ladi.

4. Havo namligi past bo`lganda

Barg uchi so`lib, jigarrang tusga kiradi.

Barg chetlari sarg`ayib, bukilib qoladi.

Kurtak va gullari so`lib, to`kiladi.

Quruq havoga sezuvchanligi yuqori bo`lgan gullarning barglari to`kiladi.

5. Havo namligi o`ta yuqori bo`lganda

Barglarda kulrang, chirigan dog`lar paydo bo`ladi.

Barg bandi chiriydi. Juda sezuvchan kaktus va boshqa sukkulent oilasiga mansub gullarda bu holat yuz beradi.

Gul g`unchalarda ham kulrang dog`lar paydo bo`ladi.

6. Gulga mineral o`g`itlar etishmayotganda

Sekin o`sadi; zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashi sustlashadi.

Barglar oqaradi va sariq dog`lar paydo bo`ladi.

Gul g`unchasi o`sib chimaydi, o`ssa ham kichik va rangi och bo`ladi.

Nimjon bandlar, pastdagi barglarning muddatdan oldin tushib qolishi.

7. Mineral o`g`itlar me`yordan ortiq solinganda

Barglarning bukilib ketishi.

Gul usti tuprog`ida oqlik paydo bo`ladi, keramik idishga ekilgan gultuvagining tashqarisi ham oqarib qoladi.

Barg chetlari qurib, quruq jigarrang dog`lar paydo bo`ladi.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

Boshqa yangiliklar