AsosiyJamiyat

​TEZKOR XABAR. VLADIMIR VILOYaTIDAGI YTHDAN JABRLANGANLAR YuRTIMIZGA OLIB KELINDI

'​TEZKOR XABAR. VLADIMIR VILOYaTIDAGI YTHDAN JABRLANGANLAR YuRTIMIZGA OLIB KELINDI'ning rasmi

Rossiyaning Vladimir viloyati Pokrov tumanida 2017 yilning 6 oktyabr kuni avtobus va poezd to`qnashuvi sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik.

Shu kuni Mamlakatimiz Hukumati qaroriga ko`ra, yordam ko`rsatish va jabrlanganlarni olib ketish uchun Vladimir viloyatiga maxsus samolyot va mutaxassislar yuborilgandi.

Jarayonni yoritib borish maqsadida “O‘zbekiston24” telekanali jurnalist va operatorlari ham Rossiya Federasiyasiga yo`l olgandi.

Vladimir viloyatidagi 36 nafar fuqaromiz, 5 nafar ularning qarindoshlari bugun erta tongda Vatanga qaytib kelishdi. Shuningdek, 15 nafar fuqaroning jasadi ham Surxondaryoga olib kelinib, 22 nafar surxondaryolik Termizda qoldi, samolyot esa Toshkentga yo`l oldi, deya xabar beradi O‘zbekiston24.

3 nafar og`ir jarohat olgan yurtdoshlarimiz Vladimir viloyatida davolanishda bo`lib turibdi. Ularning ahvoli doimiy nazoratda va sog`ligi yaxshilangach, Vatanga qaytadilar

Boshqa yangiliklar