AsosiySport

​JISMONIY TARBIYa VA SPORT DAVLAT QO`MITASI HAMDA O`FF QO`ShMA QAROR QABUL QILDI

'​JISMONIY TARBIYa VA SPORT DAVLAT QO`MITASI HAMDA O`FF QO`ShMA QAROR QABUL QILDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi hamda O`zbekiston Futbol Federasiyasining “Bolalar va o`smirlar futbolini rivojlantirish to`g`risida” qo`shma qarori qabul qilindi.

Qarorning maqsadi Respublikamizda bolalar va o`smirlar futbolini yanada rivojlantirish, futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, akademiyalari va Olimpiya zaxiralari kollejlarining futbol bo`limlarida tarbiyaviy va o`quv mashg`ulotlarining sifatini yaxshilash, yosh futbolchilarning mahoratini yanada oshirish, professional hamda terma jamoalarga zaxira va iqtidorli futbolchilarni tayyorlash va ular orasida saralashda xolislik va shaffoflikni ta`minlashdan iborat.

Qarorga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tasarrufiyligidan qat`iy nazar barcha futbol bo`yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, Futbol klublari qoshidagi akademiyalar va Olimpiya zaxiralari kollejlari hamda barcha sport maktablari faoliyatini o`rganish bo`yicha Ishchi guruh tuziladi.

Ushbu ishchi guruhga bir oy muddatda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi futbol maktablari faoliyatini o`rganish natijalari asosida O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi O`zbekiston Futbol Federasiyasi bilan birgalikda bolalar va o`smirlar futbolini rivojlantirish bo`yicha 2018–2023 yillarga mo`ljallangan Dastur ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.

Shuningdek mazkur hujjatda futbolga ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalariga iqtidorli yosh futbolchilarni tanlab olish sifatini, xolisligini hamda shaffofligini ta`minlash maqsadida qabul jarayonida o`tkaziladigan imtihon, sinov komissiyasi tarkibiga O`zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan tavsiya etilgan mutaxassislarning kiritilishi ta`minlanadi.

Mazkur qarorning to`liq matni O`FFning rasmiy saytida keltirilgan.

    Boshqa yangiliklar