AsosiyJamiyat

QIRG`IZISTONDA O`ZBEKISTON KUNLARI BOShLANDI

'QIRG`IZISTONDA O`ZBEKISTON KUNLARI BOShLANDI'ning rasmi

Qirg`izistonda O`zbekiston kunlarining tantanali ochilishiga bag`ishlangan konsert dasturi 6 oktyabr kuni T.Satilganov nomidagi qirg`iz milliy filarmoniyasida bo`lib o`tdi, unda O`zbekiston xalq artistlari Samandar Alimov, Zulayho Boyxonova, Munojot Yo`lchieva, xizmat ko`rsatgan artistlar Alisher Turdiev, Yulduz Turdieva, Jnisbek Piyazov, Ulug`bek Rahmatullaev, Oygul Nodirova, Rayhon G`anieva, Yahyobek va Muxsin Mo`minovlar ishtirok etdilar.

Tomoshabinlar O`zbek estradasi xonandalaridan Shoxruh Yo`ldoshev, Rohila Ro`zimova, Akbar Atamuhamedov, yosh ijrochilar Sh.Nabixo`jaev, T.Fayziev, M.Fayziev, S.Nortojieva va I.Mamatalievlarning chiqishlaridan bahramand bo`lishdi. Har bir chiqishni “O`zbekiston” va “Navbahor” raqs ansambllarining rang-barang raqslari to`ldirib konsert dasturiga o`zgacha shukuh bag`ishladi.

Bundan tashqari o`zbek milliy musiqalarining D.Bekmurodova, Sh.Ozatova, A.Ergasheva, X.Karimova, B.Mirzaeva, X.Yo`ldosheva, Sh.Xolmirzaeva, Yu.Abdullaeva, F.Alimova, I.Ablakulova va E.Fayzievalar ijrosidagi talqini namoyish etildi. Konsert dasturini yig`ilgan tomoshabinlar a`lo darajada qabul qilishdi.
Bu kabi tadbirlar madaniyat, san`at sohasidagi yutuqlar, O`zbekistonning bugungi kuni, an`ana va qadriyatlarini keng namoyish etish bilan birga, xalqlarimiz o`rtasidagi do`stlik, hamjihatlik, madaniy-ma`rifiy munosabatlar rishtasini tobora mustahkamlashdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.




    Boshqa yangiliklar