Farzandim bolalikdan nogiron. O`zim ham 3 guruh nogironiman. Ro`zg`or uchun ijaraga joy olib, novvoychilik bilan shug`ullanaman. Mening ham, o`g`limning ham nogironligini hisobga olgan holda soliqdan imtiyoz bo`ladimi?
Mukambar To`laganova, Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani
N.Norbaev, O`zbekiston respublikasi Davlat Soliq qo`mitasining raisi o`rinbosari:
—O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 311- va 375-moddalariga asosan soliq to`lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qati nazar, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat`iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq to`lovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar bo`yicha hamda sug`urta badali oyiga eng kam ish haqidan kam bo`lmagan miqdorda to`lanadi.
Shuningdek, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo`lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironi bo`lgan shaxslar uchun sug`urta badalining miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya guvoxnomasi yoki tibbiy-mehnat komissiyasining ma`lumotnomasi asosida beriladi.
Shu bilan birga, amaldagi qonun hujjatlariga asosan nogiron bo`lgan jismoniy shaxslar uchun yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bo`yicha qatiy soliqdan hamda mol-mulkni ijaraga oluvchi shaxslarga ijara to`lovidan imtiyoz berilishi nazarda tutilmagan.






