Qandli diabet kasaliga chalingan bemorlarning umrini uzaytiruvchi insulin kanadalik fiziolog Frederik Banting tomonidan yaratilgan. O`sha paytda insulinning qandli diabet kasaliga chalingan bemorga ta`siri o`rganilgan bo`lsa-da, aynan bu dorini yaratish hech kimning qo`lidan kelmagan. Janob Banting insulinning oshqozon osti bezi bilan aloqasi to`g`risidagi maqolani o`qib chiqqandan keyin ixtiro haqida ko`p bosh qotiradi.
U itlar bilan tadqiqot o`tkazayotganini tushida ko`radi. Tushida hayvonning oshqozon osti bezini bog`lab qo`yadi, oradan sakkiz hafta o`tgach, bu a`zoni olib tashlaydi. 1921 yilda u tushini amalga oshiradi. Boshqa itdan olingan oshqozon osti bezi zardobini kasal itga qo`yganda, u tuzalib ketadi. Shunday qilib, qandli diabetning dorisi topiladi.






