Ulkan samolyotlar yaratuvchisi bo`lgan konstruktor Oleg Antonov o`zining AN-22, Antey samolyotiga mos keladigan dum qanotni o`ylab topolmaydi. Anchadan beri o`ylantirib kelayotgan g`oyani tushida ko`radi. Samolyotning bunday ajoyib dum qanoti uni hayratga soladi, uyg`ongan zahoti tushida ko`rganlarini qog`ozga tushirishga harakat qiladi. Shunday qilib, rekordchi samolyot dunyoga keladi.






