«Nihol» mukofotining sovrindori, iste`dodli xonanda Shahzod MURODOV yana bir yangi taronani muxlislari e`tiboriga havola etmoqchi.

«Jingalagim» deb nomlangan qo`shiq matni shoir Saman qalamiga mansub, musiqa va aranjerovka Temur Rahmonov tomonidan bajarilgan. Birvarakayiga ikkita sovg`a tuhfa etishni maqsad qilgan xonanda qo`shiqqa klip ham suratga oldi. O`ziga xos tarzda ishlangan klip rejissyori Dilmurod Agzamov, operator Rustam Muratov. Musiqiy ketma-ketlikda yosh aktyorlardan Abdulloh Murodullaev ijrosiga baho berishingiz mumkin.


Shahzod Murodov yangi tarona hamda unga ishlangan video asar premerasini bir kunda tomoshabinlar e`tiboriga havola etmoqchi.






