Yong`oqlar
Yong`oqlar boqiy yoshlik mevalaridir. Sababi ular tarkibidagi E vitamini va Q10 koenzim moddalari teri hujayralarini oziqlantirib, yoshartirish xususiyatiga ega. Buning uchun istagan yong`oq mag`zidan kuniga 50 gr. eyish kifoya.
Qizil va olovrang mevalar
Yuzning tiniq rangi shu tusdagi mevalar iste`moliga bog`liq. Sabzi, pomidor, qovoq, o`rik tarkibida teri hujayralarini yangilovchi beta-karotin moddasi mavjud. Darvoqe, ko`pgina kremlar tarkibiga kiruvchi retinol, bu — A vitamini bo`lib, karotin ta`sirida organizmda ishlab chiqariladi.
Nordon va reza mevalar
Apelsin, kivi, qorag`at, greypfrut tarkibida S vitamini juda ko`p. U qarishni sekinlashtiruvchi kollagen hosil bo`lishiga yordam beradi.
Yog`li baliq
Losos, sardina, seld, skumbriya kabi dengiz baliqlari A va D vitaminlari, omega-3 yog` kislotasiga boy. Qon aylanishi va shamollashni engish xususiyatiga ega.
Anor
Bu meva teri osilib qolishining oldini oladi. U teridagi elastik xususiyatni kuchaytirib, turli shikastlanishlar, yosh bilan bog`liq o`zgarishlarni tezda bartaraf etadi.
Zaytun yog`i
Ma`lumki, quruq teri eng tez qaruvchi teri hisoblanadi. Zaytun yog`i esa boshqa mahsulotlarga qaraganda 3 karra ko`proq yog` kislotasiga ega bo`lib, teri hujayrasining qayta tiklanishini kuchaytiradi.
Tvorog
Tvorog selen va E vitamini kabi kuchli antioksidant degani. U erta qarishga yo`l qo`ymaydi. Tarkibidagi kalsiy esa tish va butun organizmdagi suyaklar mustahkamligiga javobgar.
Ko`k choy
Choylarning «sarvari» ham antioksidantlar ichida etakchi o`rinlarda turadi. Buning uchun kuniga 3-4 piyola ko`k choy ichish kerak. Ko`z ostida paydo bo`ladigan «qopcha»larni ham (bu ham yosh bilan bog`liq holda yuzaga keladi) paxtani choyga botirib, kompress qilish orqali yo`qotish mumkin.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi






