AsosiySUG'DIYONA

ERTALABKI NONUShTA AVTOHALOKATNING OLDINI OLADI?!

'ERTALABKI NONUShTA AVTOHALOKATNING OLDINI OLADI?! 'ning rasmi
  • Miya faoliyati uchun. Ertalab nonushta qilsangiz, kun davomida xabarlarni eslab qolish qobiliyatingiz oshadi.
  • Immunitetni oshiradi. Har kuni nonushta qilishga odatlansangiz, immunitetingiz oshadi, natijada tushkunlikka tushmaysiz, turli kasalilklarga ham chalinmaysiz.
  • Xavfsizlik uchun. Aniqlanishicha, uydan qorni to`q chiqqan kishilar avtohalokatga kamroq uchrar ekan.
  • Ishinigiz unadi. Chunki sizda energiya zaxirasi paydo bo`lib, ishlash layoqatingiz 30 foizga oshadi. Yana ishxonada to tushlikkacha nimalardireb, vaqt sarflamaysiz.
  • Organizm faollashadi. Ertalab qornimni to`ydirib olsam, ortiqcha kaloriyalarni «qo`lga kiritaman» deb o`ylamang. Aksincha, qancha kech nonushta qilsangiz, shuncha kech ish boshlaysiz. Va organizm dangasalashadi.

  • Kuch bag`ishlaydi. Agar siz tongda hech narsa emaslikka odatlangan bo`lsangiz, kundan kunga organizmingiz kuchsizlanadi.

  • Ishtahangiz nazoratda bo`ladi. Shifokorlarning aniqlashicha, ertalab nonushtaga tuxum iste`mol qilsangiz, kun davomida kamroq ovqat tanovul qilarkansiz. Grechixa, guruch yoki suli yormasidan bo`tqa esangiz, yog`li taomlarni inkor qilarkansiz.

  • Go`zallik uchun. Agar ertalab nonushta qilmasangiz, organizmingiz uyqudan uyg`onmaydi va harakatga kirishmaydi. Natijada, yog` yig`iladi. Va ular, soch, yuzlaringizda aks etadi.

  • Kayfiyatingiz ko`tariladi. Musiqa tinglab, nonushta tayyorlash va ovqatlanish xush kayfiyat bag`ishlashi aniq!

Manba: “SUG‘DIYONA gazetasi

Boshqa yangiliklar