AsosiyJamiyat

​ShAVKAT MIRZIYoEV TOJIKISTON PREZIDENTINI TUG`ILGAN KUNI BILAN TABRIKLADI

'​ShAVKAT MIRZIYoEV TOJIKISTON PREZIDENTINI TUG`ILGAN KUNI BILAN TABRIKLADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 oktyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari muloqot avvalida Tojikiston Prezidentini tug`ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi, deb yozadi O`zA.

O`zaro qo`llab-quvvatlash va birgalikdagi sa`y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o`rtasidagi ko`p asrlik mustahkam do`stlik rishtalari, umumiy tarix, ma`naviy va madaniy qadriyatlarga asoslangan an`anaviy yaqin va yaxshi qo`shnichilik aloqalari mustahkamlanayotgani chuqur mamnuniyat bilan alohida ta`kidlandi.

Muloqotda davlatlarimiz o`rtasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, oliy va yuksak darajada bo`lib o`tadigan tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot so`ngida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonni yana bir bor samimiy tabriklab, unga mustahkam sog`liq va ulkan muvaffaqiyatlar, do`st tojik xalqiga tinchlik, osoyishtalik va farovonlik tiladi.

O`z navbatida, Tojikiston Prezidenti ham O`zbekiston Prezidentiga samimiy tabrik va yuksak e`tibor uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar do`stlik va yaxshi qo`shnichilik aloqalarini mustahkamlash, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o`rtasida keng ko`lamli o`zaro manfaatli hamkorlikni bundan buyon ham birgalikda rivojlantirishga tayyor ekani qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar