Amerikalik aktyor, rejissyor va prodyuser Robert De Niro 1943 yili Nyu-Yorkda dunyoga kelgan. U kino tarixida birinchi marta ingliz tilida bo`lmagan filmdagi rol uchun «Oskar» mukofotini qo`lga kiritgan aktyor, shuningdek, «Oltin Globus»ga ham 2 marta loyiq, deb topilgan.
1. «Depressiyani kulib kutib olish kerak, shunda u sizni aqldan ozgan deb o`ylab, qochib ketadi».
2. «O`z ishimda hammasidan ko`ra, o`zgalar hayotida yashab, hech qachon buning uchun pul to`lamasligimdan xursand bo`laman».
4. «Qarilik — ehtiyotkorlik degani ekan».
5. «Men ortiqcha buyumlar saqlashni xush ko`rmayman. Qancha buyumingiz ko`p bo`lsa, ularga shuncha kuch sarflashga to`g`ri keladi».
6. «Ozish, yosharishdan ko`ra osonroq».
7. «Biz borgan sari atrofimizdagilarga o`xshab boramiz. Shuning uchun atrofingizga faqat yaxshi odamlarni yig`ing, qanchalik aqlli bo`lmaylik, ular, baribir, bizga ta`sir o`tkazishadi».
8. «Men tez-tez Parij, London va Rimga sayohat qilib turaman. Lekin har doim qaytaraman: Nyu-Yorkdan yaxshi shahar yo`q. U haddan tashqari zo`r va maftunkor».
9. «Teatrga borishni yoqtiraman. U erda meni hech kim bezovta qilmaydi va har doim ham tanib qolishavermaydi».
10. «Xotiram sustroq. Ammo bu xaqda eslatishlarini yoqtirmayman».
12. «Men hech qachon Los-Anjelesni xush ko`rmaganman. Bu pul to`lashsagina boradigan yagona joyim».
13. «Menimcha odamzot nafaqat sayyoraning ob-havosini, balki vaqtini ham o`zgartirdi. Siz ham sezgandirsiz? Hozir 10 yil, oldingi 3 yilday o`tadi».
14. «Menda hali o`zim o`ynagan filmlarni bafurja o`tirib ko`rishga imkoniyat tug`ilmagan, buni unchalik ham yoqtirmayman. O`zim o`ynagan kartinalar uyqumni keltiradi».
15. «Hammaning o`z haqiqati bor».
17. «Yoshligimda shirinliklarni xush ko`rmas edim, hozir esa restorandagina shirinlik eyishim mumkin. Restoranga kelib qolibman, shirinlik ham eya qolay, deyman-da».
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






