AsosiySUG'DIYONA

FIRDAVSdan “TOVUQLI FANTAZIYa”

'FIRDAVSdan “TOVUQLI FANTAZIYa”'ning rasmi

"Darakchi" gazetasining "O`zbegim oshxonasiga" loyihasining qahramoni xonanda Firdavs PAZLIDDINOV. Restoran oshpazlarining chaqqonlik va mahorat bilan taom tayyorlashiga havas qilgan xonanda Firdavs PAZLIDDINOV orzusini amalga oshirish maqsadida “Palete” restoraniga tashrif buyurdi. Oshpaz Xumoyun Hojimurodov yordamida italyancha taom tayyorladi...

Zarur masalliqlar:

  • 2 ta butun tovuq to`shi,
  • 1 tadan sariq va qizil sabzi,
  • 1 ta kabachki,
  • 1 ta qizil qiyoz,
  • 50 gr. mayda shampinon,
  • 150 gr. qaymoq,
  • 70 gr. pishloq,
  • 6 ta mayda cherri pomidori,
  • zaytun yog`i.

Tayyorlanishi:

1-jarayon:

Sabzilar va kabachki dumaloq shakl beradigan qoshiqchada o`yib olinadi.

Piyozni oysimon shaklda to`g`raladi. Pishloq qirg`ichdan chiqariladi.

Tovuq go`shtining ikki tomonini to`rtburchak qilib nomiga kesib chiqiladi hamda tuz, murch bilan marinadlanadi.

2-jarayon:

Tovuq go`shtini o`rta olovda zaytun yog`ida selini chiqarib qovurib olinadi.

Pishgach, ustiga qaymoq va pishloq solib, ikki tomoni pishiriladi.

Pishloq erigani taom tayyor, degani.

3-jarayon:

Qaynagan tuzli suvda avval sabzilar, so`ng kabachki pishirib olinadi.

Sabzavotlar 3 daqiqada pishadi.

4-jarayon:

Zaytun yog`ida piyoz butun qo`ziqorin bilan qoviriladi.

Pishishiga 2 daqiqa qolganida butun cherri solab qovurishda davom etasiz.

Tayyor go`shtni qovurilgan sabzavotlar bilan bezatiladi.

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV

    Boshqa yangiliklar