AsosiyHi-tech

SARATONni davolovchi ilk nanorobot yaratildi

'SARATONni davolovchi ilk nanorobot yaratildi'ning rasmi

Janubiy koreyalik olimlar jahonda ilk marotaba onkologik kasalliklarni davolovchi nanorobotni yaratib, ixtiro uchun patentni qo`lga kiritishdi. Nanorobotning ichiga inson hayoti uchun xavfsiz bo`lgan irsiy jihatdan shakllantirilgan bakteriya joylashtirilgan bo`lib, u turli o`simtalarni aniqlashga va davolashga moslashgan...

Olimlarning so`zlariga qaraganda, nanorobot orqali turli hayvonlar ustidan tadqiqotlar o`tkazilgan. Ixtiro AQSh, Evropa va Yaponiyada patentlangan. Ushbu ixtiro tibbiyot fanida va onkologik texnologiyalar dunyosida tub burilish yasashi mumkin. Ixtirochilarning ma`lumot berishicha, nanorobotda mavjud bo`lgan bakteriya saraton tufayli jarohatlangan joyga yaqinlashtiriladi, keyin hujayralarga saraton kasalligiga qarshi dori yuboriladi.

Saratonni bunday usulda davolash orqali favqulodda natijalarga erishish mumkin. Nanorobot yordamida bugungi kunda ko`krak bezi va to`g`ri ichak saratoni davolangan, kelajakda boshqa a`zolarda paydo bo`lgan o`simtalarni davolash ham ko`zda tutilgan. Janubiy koreyalik olimlarning ta`kidlashicha, nanorobot yordamida saratonni davolash kelajakda katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Kimyoterapiya o`simtalarning rivojlanishini to`xtatishga yordam bersa-da, insonning boshqa a`zolari uchun juda xavflidir. Bu borada nanorobot eng xavfsiz vositadir.

    Boshqa yangiliklar