AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTON VA QIRG`IZISTON PREZIDENTLARI KO`KSAROY QARORGOHIDA MULOQOTNI BOShLADILAR

'​O`ZBEKISTON VA QIRG`IZISTON PREZIDENTLARI KO`KSAROY QARORGOHIDA MULOQOTNI BOShLADILAR'ning rasmi

Ko`ksaroy qarorgohida Qirg`iziston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoev va Almazbek Atamboev shohsupaga ko`tarildilar. O`zbekiston va Qirg`izistonning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o`tdilar, deya xabar beradi O`zA nashri.

Shundan so`ng davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi. Muloqotda mamlakatlarimiz o`rtasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar