“O`zbekiston pochtasi” AJ 1994 yildan boshlab Butunjahon
pochta ittifoqining to`laqonli a`zosi hisoblanadi, shunga asosan barcha davlatlar
bilan xalqaro pochta alamashinuvlarini amalga oshirib keladi.
Ma`lumki, shu kunga qadar bir dona xalqaro posilka jo`natmasining og`irligi 20 kg gacha qabul qilingan va jo`natib kelingan edi. Endi esa mijozlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida bir dona xalqaro posilka jo`natmasining og`irligi 30 kg gacha oshirildi. Mijozlar joriy yilning 5 oktyabridan boshlab yuborish imkoniyatiga ega bo`lishdi, deb yozadi “O‘zbekiston pochtasi” axborot xizmati.






